Ukraina Sevastopolga hujum uyushtirdi
Besh nafar rus dengizchilari yaralangani aytilmoqda.

Ukraina droni Sevastopoldagi Rossiya Qora dengiz floti shtabiga hujum uyushtirdi. Bu haqda Sevastopol rahbari Mixail Razvozjayev maʼlumot berdi.
Bugun shaharda RF harbiy-dengiz kuchlari kuni munosabati bilan bayram tantanalari o‘tkazilishi kerak edi. Ammo hodisa oqibatida barcha tadbirlar bekor qilingan.
“Shtab hovlisiga nomaʼlum obyekt uchib keldi, dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra bu uchuvchisiz qurilma bo‘lgan. 5 nafar flot shtabi xodimlari yaralangan, halok bo‘lganlar yo‘q. Barchaga yordam ko‘rsatilda. Federal xavfsizlik xizmati ishlamoqda, vaziyatga oydinlik kiritilyapti”, – degan Razvozjayev.
Avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari to‘g‘risida maʼlumot berilgandi.







