Jahon

Britaniya moliya vaziri Trassni qo‘llab-quvvatladi

Birlashgan Qirollikda bosh vazirlik uchun kurash hal qiluvchi pallaga kirmoqda.

Britaniya moliya vaziri Trassni qo‘llab-quvvatladi

 

Buyuk Britaniya moliya vaziri Nadim Zaxavi Elizabet Trassning bosh vazirlikka nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “The Daily Telegraph” xabar berdi.

 

“Liz inqirozli paytida status-kvo yechim emasligini yaxshi tushunadi”, – degan vazir.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, moliya vazirligi yangilangan strategiyaga muhtoj va Trassning iqtisodiy dasturi bunga to‘la mos tushadi.

 

“U iqtisodiy turg‘unlikni yengib o‘tadi va xo‘jalikni konservativ uslublar bilan boshqaradi”, – deb qayd etgan siyosatchi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 7 iyul kuni Boris Jonson birlashgan qirollik bosh vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Shundan keyin mamlakatda hukumat rahbari lavozimi uchun kurash boshlandi. Yakunda sobiq moliya vaziri Rishi Sunak va amaldagi tashqi ishlar vaziri Liz Trass qoldi. Yakuniy natijalar 5 sentyabrda maʼlum bo‘ladi.

 

Avvalroq Elizabet Trass bosh vazir etib saylangan taqdirda boshqaruvda katta o‘zgarishlarni amalga oshirishini aytgandi.

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Britaniya moliya vaziri Trassni qo‘llab-quvvatladi | Zamon.uz