Farg‘onada 47 yoshli ayol ustiga benzin sepib, o‘zini yoqib yubordi
Holatga Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

Kecha, 2-avgust kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlovchi 47 yoshli ayol o‘zining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, jabrlanuvchi ayolga ochiq olovdan kuyishning og‘ir darajasi tashxisi qo‘yilgan.
Hozirda holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, ayolning o‘zini yoqib yuborishi sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 5 nafar fuqaro Majburiy ijro byurosi xodimlarining ustiga benzin sepib, ularni yoqib yubormoqchi bo‘lgandi.








