Namanganda Moskvich yonib ketdi
Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.

Bugun, 3-avgust kuni Namangan shahrida avtomashina yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, soat 22:30 da Davlatobod tumani “Yangihayot” MFY hududida harakatlanib ketayotgan Moskvich-412 rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgaligi haqida shahar FVB 101 qisqa raqamiga xabar kelib tushgan.
Shunga asosan, qutqaruvchilar voqea joyiga borib, yong‘inni bartaraf etishgan. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Spark rusumli avtomashina yonib ketgandi. Oqibatda transport vositasining saloni, motor qismi va kuzovi to‘liq yonib zararlangan.








