Tramp Pelosi haqida: “Aqldan ozgan!”
Vakillar palatasi spikeri 2 avgust kuni Tayvanga bordi.

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosini «aqldan ozgan” deb atadi. Bu haqda u o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
“Aqldan ozgan Nensi Tayvanda nima qilmoqda? U doim noqulayliklar keltirib chiqargan. U boshlagan hech narsa yaxshilik bilan tugamaydi. Kuzating”, – degan sobiq prezident.
Tramp spikerning tashrifi og‘ir siyosiy oqibatlarga sabab bo‘lishidan ogohlantirgan.
Maʼlumot o‘rnida: Pelosi 2 avgust kuni Tayvanga bordi. Bu rasmiy Pekinning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Xitoy orol atrofini fuqarolik aviatsiyasi uchun yopdi. Tayvanga qarshi qator sanksiyalar joriy etildi.







