Jahon

Ekspert: Hozircha Tayvanni qo‘shib olish uchun Xitoyda imkoniyat yo‘q

Bugundan orol atrofida XXR yirik mashg‘ulotlar boshladi.

Ekspert: Hozircha Tayvanni qo‘shib olish uchun Xitoyda imkoniyat yo‘q

 

Xitoy Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga qatʼiy javob berish zarurligini yaxshi anglaydi, ammo AQSH bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvdan qochmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Pekindagi sobiq harbiy attashesi, Sasakava tinchlik fondi katta ilmiy xodimi Bondzi Oxara maʼlum qildi.

 

“AQSH va Xitoy o‘rtasidagi qarama-qarshilik eng kamida tashqi tomondan keskinlashadi. Pekin o‘zining ko‘p sonli ogohlantirishlariga qaramay, Tayvanga kelgan Pelosi tashrifiga maʼlum maʼnoda qatʼiy javob qaytarishi kerak”, – degan tahlilchi “TASS” agentligi bilan suhbatda.

 

Oxara XXRning orol yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlari haqida gapirar ekan, ularning AQSH vakili tashrifidan so‘ng amalga oshirilayotganiga eʼtibor qaratgan. U Pekinning Vashington bilan harbiy to‘qnashuvdan qochayotganini taʼkidlagan. Xususan, Xitoy tomoni Pelosi kabi yuqori martabali amaldorlar safari paytida kuchli harbiy tayyorgarlik choralari ko‘rilishini yaxshi biladi. Masalan, hozirda Tayvan sharqida Amerika aviatashuvchilarining zarbdor guruhi to‘plangan. Ekspertning fikricha, xitoyliklarning hozirgi mashg‘ulotlari AQSHga emas, Tayvanga qarshi qaratilgan.

 

“Harbiy tomondan Xitoy Tayvanni qo‘shib olish bo‘yicha yetarli imkoniyatlarga ega emas. Buning uchun katta miqdordagi tirik kuchlarni jalb qilgan holda yirik dengiz desanti amaliyotini o‘tkazish kerak. So‘nggi vaqtlarda bu bo‘yicha ko‘plab mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda, ammo Fikrimcha, bu yetarli emas. Hozirgi bosqichda hatto quruqlik qo‘shinlari texnikasining to‘planishi ham kuzatilmayapti”, – deb qayd etgan Oxara.

 

Maʼlumot o‘rnida: Pelosi 2 avgust kuni Tayvanga bordi. Bu rasmiy Pekinning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Xitoy orol atrofini fuqarolik aviatsiyasi uchun yopdi. Tayvanga qarshi qator sanksiyalar joriy etildi.

 

Bugundan XXR qurolli kuchlari Tayvan atrofidagi olti hududda yirik harbiy mashg‘ulotlar boshladi. Bu “misli ko‘rilmagan” mashqlar bo‘lishi aytilmoqda. Xususan, ilk bor orol yaqinida raketa otiladi. Bundan tashqari, DF-17 gipertovushli raketalari qo‘llanilishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.