Toshkentdagi “Korzinka”da yong‘in chiqqani aytildi
Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Bugun, 4-avgust kuni ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Korzinka” savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar tarqaldi. Bu bo‘yicha soat 16:32 da shahar FVBga ma’lumot kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da voqea joyiga yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, savdo majmuasi ichida bo‘lgan non pishirish pechida elektr simlarining qisqa tutashuvi yuzaga kelgan.
Hodisa natijasida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Vaziyat oqibatlari qutqaruvchilar tomonidan soat 16:42 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.








