Zelenskiy Xitoy rahbari bilan gaplashmoqchi
U Pekinning siyosatini to‘g‘ri tushunishini maʼlum qildi.

Vladimir Zelenskiy Si Szinpin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkazish istagini bildirdi. Bu haqda u Gongkongning South China Morning Post gazetasiga bergan intervyusida aytgan.
"Men Si Szinpin bilan bir yil oldin muloqot o‘tkazmoqchi edim. 24 fevraldan keyin Pekin bilan rasmiy muzokaralarni taklif qildim. Ammo hozircha hech qandas muzokaralar o‘tkazilmadi, bu foydali bo‘lgan bo‘lardi", — deb qayd etgan Ukraina rahbari.
Siyosatchi Xitoy o‘ta qudratli siyosiy va iqtisodiy kuch ekanini hamda Rossiyaga taʼmir o‘tkaza olishini taʼkidlagan. Uning fikricha, Xitoy bozorisiz Moskva o‘zini to‘liq iqtisodiy izolyatsiyada his qilardi. Shu bilan birga prezident Pekinning amaldagi siyosatini to‘g‘ri tushunishini aytgan.
Bundan tashqari, Zelenskiy Xitoy biznesining Ukrainani tiklanish jarayonida faol bo‘lishiga umid bildirgan.
Avvalroq Pekin Rossiyaga yordam berishning qo‘shimcha yo‘llarini qidirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







