Jahon

Tashrifimiz grafigini Xitoy tuzmaydi — Pelosi

Vakillar palatasi spikeri Tayvanni izolyatsiyada qoldirmaslikka vaʼda berdi.

Tashrifimiz grafigini Xitoy tuzmaydi — Pelosi

 

AQSH Tayvanning izolyatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Kongress vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi maʼlum qildi

 

"Xitoy Tayvanni yakkalashga harakat qildi. Ammo ular bizni u yerga borishimizga qarshilik qilib buni amalga olmaydi. Ularning Tayvanni izolyatsiya qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Boshqalar bizning tashrif grafigimizni tuzib bermaydi", — degan siyosatchi Yaponiyadagi chiqishida.

 

Maʼlumot o‘rnida: Pelosi 2 avgust kuni Tayvanga bordi. Bu rasmiy Pekinning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Xitoy orol atrofini fuqarolik aviatsiyasi uchun yopdi. Tayvanga qarshi qator sanksiyalar joriy etildi.

 

Kechadan orol yaqinidagi olti suv hududida Xitoy armiyasi yirik harbiy mashg‘ulotlar boshladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"