O'zbekiston

Toshkentda 12 qavatli bino yonib ketdi

Hodisa joyiga FVB rahbariyati, IIB va SSB xodimlari yetib borgan.

Toshkentda 12 qavatli bino yonib ketdi

 

Bugun, 5-avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 18:23 da Chilonzor tumani Seul ko‘chasidagi 12 qavatga mo‘ljallangan qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon voqea joyiga soat 18:28 da yetib borib, yong‘in soat 18:44 da o‘chirilgan. Shuningdek, hodisa joyiga FVB rahbariyati, IIB va SSB xodimlari yetib borgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga, ko‘ra yong‘in natijasida binoning 2 qavatida 140 kvadrat metr maydonda qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda 12 qavatli bino yonib ketdi | Zamon.uz