O‘zbekistonlik atletikachi qiz Jahon chempioni bo‘ldi
15 yoshli sportchi Kolumbiyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi.

15 yoshli yengil atletikachimiz Sharifa Davronova Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, ayni kunlarda Kolumbiyaning Kali shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida (U20) Jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda uch xatlab sakrash dasturida ishtirok etgan Sharifa Davronova 14.02 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Davronova eng yaqin ta’qibchisini 66 santimetrga ortda qoldirgan. Uning natijasi, U20 mavsumida mavsumning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi:
1. Sharifa Davronova (O‘zbekiston) – 14.04
2. Soksan Aukagos (Fransiya) – 13.38
3.Tiana Boras (Avstraliya) – 13.30.








