Bayden Trampning uyida tintuv o‘tkazilishini oldindan bilganmi?
Oq uy bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Jozef Bayden Donald Trampning uyida tintuv o‘tkazilishini oldindan bilmagan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer maʼlum qildi.
“Yo‘q. Prezident bu haqda bilmagan, unga maʼlumot berilmagan. Oq uyda hodisa haqida hech im ogohlantirilmagan, bunday bo‘lishini hech kim bilmagan”, – degan u.
Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezidentning uyi tintuv qilingani haqida Oq uy OAVdan bilgan.
Maʼlumot o‘rnida: Donald Tramp dushanba kuni AQSHning Federal qidiruv byurosi xodimlari uning Mar-a-Lagodagi mulkiga reyd uyushtirib, seyfini buzib ochishganini maʼlum qilgan.







