“Tayvanning Xitoyga qaytishi tarixiy zarurat”
XXR davlat kengashi maxsus axborot-tahliliy byulleteni chiqardi.

Xitoy davlat kengashi tomonidan “Tayvan masalasi va yangi davrda Xitoyning birlashuvi” nomli axborot-tahliliy byulletenni ishlab chiqdi. Unda orol atrofida keskinlashgan tashqi siyosiy vaziyatda Pekinning rasmiy pozitsiyasi ochib beriladi.
“Tayvan masalasining hal etilishi va uning tarixiy vatani bilan to‘liq birlashuvi barcha xitoyliklarning umumiy maqsadi hisoblanadi. Xitoy tinch taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay boradi, shu bilan birga har qanday tashqi aralashuv bosimi oldida hech qachon chekinmaydi va milliy suvereniteti, xavfsizligi va taraqqiyot manfaatlariga tahdidlarga qarab turmaydi”, – deyiladi hujjatda.
Byulletenda XXR va Tayvan birlashuvi yuz berishi aniq bo‘lgan tarixiy zarurat ekanligi taʼkidlangan. Shu bilan birga orolning harbiy kuch vositasida qaytarilishi variantlari keltirilmagan.
“Tinch birlashuvdan keyin Tayvan qitʼadagidan farqli o‘laroq yuqori darajadagi muxtoriyat asosidagi ijtimoiy tizimni joriy etishi va ikki tizim uzoq vaqt davomida birgalikda yashashi va rivojlanishi mumkin”, – deb qayd etilgan maʼlumotnomada.
Maʼlumot o‘rnida: 2 avgustda AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi. Shundan keyin Xitoy orol atrofida yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlashini eʼlon qildi. Tayvan atrofidagi olti nuqtada o‘quv mashqlari o‘tkazilgan.
Avvalroq Tayvan Xitoyga javoban o‘z mashg‘ulotlarini boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.







