Jahon

Buyuk Britaniya Kiyevga reaktiv tizimlar yetkazib berdi

Ukraina mudofaa vaziri britaniyaliklarga minnatdorchilik bildirgan.

Buyuk Britaniya Kiyevga reaktiv tizimlar yetkazib berdi

 

Buyuk Britaniya Ukrainaga navbatdagi M270 reaktiv tizimlarini yetkazib berdi. bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Reznikov o‘z “Twitter” sahifasida maʼlum qildi.

 

“Buyuk Britaniya vaʼda berdi va bajardi! Mudofaa vaziri Ben Uolles va butun Britaniya xalqiga minnatdorchilik bildiraman. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz ajoyib va Ukraina xalqi uchun muhim. Armiya bu zaxiralarni jang maydonida o‘rinli qo‘llayapti”, – degan vazir.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, tez orada “boshqa sovg‘alar” ham yetib keladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: M270 AQSHning HIMARS tizimlarining analogi bo‘lib, bir daqiqa ichida “yer-yer” tizimidagi 12 raketa otishi mumkin. u 80 kilometr masofaga uchib boradi.

 

Avvalroq Shvetsiya o‘z hududida Ukraina uchun qurol ishlab chiqarish istagini bildirgandi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

custom img

AQSh sudi yangi viza qoidalarini blokladi: jurnalist va talabalar uchun cheklovlar vaqtincha to‘xtatildi

Taklif etilgan yangi tartibga ko‘ra, xorijiy talabalar AQShda to‘rt yilgacha, jurnalistlar esa 240 kungacha qolishi mumkin edi.

custom img

Tramp muzokarani taklif qildi, Eron shart qo‘ydi

Eron rasmiysi AQSh bilan muzokaralar uchun belgilangan shartlarga amal qilinishini talab qildi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"