Jahon

Rossiya TIV: Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga narkotik moddalar kirib kelishi ko‘paygan

“Tolibon” davrida narkotrafik hajmi oshgani qayd etildi.

Rossiya TIV: Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga narkotik moddalar kirib kelishi ko‘paygan

 

“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgandan so‘ng Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga narkotrafik hajmi oshdi. Bu haqda Rossiya TIV yangi chaqiriqlar va tahdidlar departamenti direktori Vladimir Tarabrin maʼlum qildi.

 

“2022 yil 3 aprelda yangi hukumat giyohvand moddalar yetishtirishni taqiqladi. Ammo bu aprelning ikkinchi yarmida mamlakat janubida afyun hosili yig‘ib olinishi va boshqa davlatlarga olib o‘tilishiga xalal bermadi. Bir vaqtning o‘zida “shimoliy yo‘nalish”da narkooqim ko‘payganini ko‘rish mumkin”, – degan diplomat.

 

Tarabrinning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda Afg‘onistonda jami 6.8 ming tonna narkotik ishlab chiqarilganini, u mamlakat YAIMning 14 foizini tashkil etganini qayd etgan. Uning fikricha, bu ko‘plab afg‘onlar uchun yagona daromad manbayi bo‘lib qolmoqda. Kuzatilayotgan qurg‘oqchilik va boshqa o‘simlik urug‘lari hamda mineral o‘g‘itlar yetishmovchiligi fonida boshqa qonuniy ekinlar giyohvand moddalar o‘rnini egallay olmaydi.

 

 Avvalroq BMT toliblarni erishilgan kelishuvlarni bajarmaslikda ayblagandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya TIV: Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga narkotik moddalar kirib kelishi ko‘paygan | Zamon.uz