Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi
Musobaqada sportchilar 51 ta oltin medalni qo‘lgan kiritdi.

Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan V Islom birdamlik o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Mazkur musobaqada 24 ta sport turidan jami 268 nafar o‘zbekistonlik vakillar qatnashgan. Ular o‘yin davomida 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qo‘lga kiritdi.








