Fumio Kisida Si Szinpin bilan uchrashish niyatida
Uchrashuvni tashkillashtirish uchun hukumatga topshiriq berilgan.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Si Szinpin bilan uchrashmoqchi. Bu haqda Sankei gazetasi yapon hukumatidagi manbalariga asoslanib xabar berdi.
Bosh vazir uchrashuvni tashkil etish yuzasidan topshiriq bergan. Undan ko‘zlangan maqsad Tokio va Pekin o‘rtasidagi taranglikni yumshatish ekanligi aytilmoqda. Muzokaralar 15-16 noyabr kunlari Balida, “katta yigirmatalik” sammitida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, shu maqsadda boshqa xalqaro platformalar imkoniyatlaridan foydalanish ham ko‘rib chiqiladi.
Ikki davlat yetakchilari so‘nggi bor 2019 yilda, Sindzo Abe Yaponiya bosh vazirligi davrida uchrashgandi. Amaldagi hukumat rahbari Kisida esa Szinpin bilan Hozirga qadar yuzma -yuz ko‘rishmagan.
Avvalroq Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya harbiylari harbiy mashg‘ulotlarni keskin ko‘paytirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







