Jahon

AQSH toliblar bilan muzlatilgan aktivlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi

Bunga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi.

AQSH toliblar bilan muzlatilgan aktivlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi

 

Jozef Bayden administratsiyasi Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini qaytarish ishini davom ettiradi. Reuters  agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, bu “Tolibon” va Afg‘oniston markaziy banki tomonidan sekin qadam tashlanayotganiga qaramay amalga oshirilmoqda.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Vashington afg‘onlar orasida qashshoqlik va gumanitar inqirozning kengayishidan xavotir bildirgan. BMT 22.8 million afg‘onistonlik to‘yib ovqatlanmasligini, 8.7 million aholi ochlikda yashashini maʼlum qilgan. hozirda toliblar davlat zaxiralarining 0.1 foizini tasarruf qila oladi. Qolgan qismi AQSH tomonidan muzlatib qo‘yilgan.

 

Reuters manbalaridan biri “Tolibon”ni harakatsizlikda ayblagan. Shunga qaramay, Kobulda “Al-Qoida” yetakchisi Ayman az-Zavoxiriyning o‘ldirilganidan so‘ng, Davlat departamenti va moliya vazirligi toliblar bilan muzokaralarni davom ettirishga qaror qilgan.

 

Vashington zaxiralarni Shveysariyadagi trast fondlaridan biriga o‘tkazadi. Bu orqali ular “Tolibon”ni chetlab o‘tib pullarni Afg‘onistonga yo‘naltirmoqchi.

 

Avvalroq toliblar Moskvaga barter savdosini yo‘lga qo‘yishni taklif qilgandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH toliblar bilan muzlatilgan aktivlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi | Zamon.uz