Jahon

Vashington Ukraina masalasiga jiddiy kirishmoqchi

Kiyevga yordam ko‘rsatish bo‘yicha umumiy rahbar tayinlanadi.

Vashington Ukraina masalasiga jiddiy kirishmoqchi

 

Yaqin haftalar ichida Oq uy AQSHning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha harakatlarini yagona missiyaga birlashtiradi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi. 

 

Shundan keyin u yagona operatsiyaga aylanadi va o‘z nomiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, amaliyotga general yagona rahbar etib tayinlanadi. U Ukraina harbiylarini tayyorlash va yordam ko‘rsatish masalalariga boshchilik qiladi.

 

Amaliyotga nom berish byurokratik rasmiyatchilik bo‘lsa-da, u bir qancha jiddiy yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradi.

 

Birinchidan, bu Vashingtonning aniq harbiy-siyosiy mojaroda ishtirok etayotganini bildiradi.

 

Ikkinchidan, endilikda Kongress ittifoqchilarga uzoq muddatga maqsadli moliyaviy manbalar ajratadi.

 

Uchinchidan, faqatgina nomlangan amaliyotlar doirasida unda xizmat olib borayotgan harbiylar uchun rag‘batlantirish va mukofotlar taqdim etiladi.

 

To‘rtinchidan, harakatlarni muvofiqlashtirish uchun rahbarning tayinlanishi Pentagonning Ukrainaga doimiy yordam taqdim etish jamoasini tuzish istagini ko‘rsatadi. Bu askarlarni tayyorlash va yordam ko‘rsatishning bir martalik loyihalar o‘rniga uzoq muddatli strategiya tanlanganini anglatadi.

 

Shu bilan Pentagon buni hozircha rasman tasdiqlamagan. Mudofaa vazirligi vakili agar bu kabi qadamlar amalga oshirilsa, zarur maʼlumot jamoatchilikka darhol berilishini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq Vashington ayrim qurollarni Kiyevga maxfiy tarzda yetkazib berayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"