Rossiya nima uchun Ukrainaga qarshi “maxsus operatsiya”ni boshladi?
Dmitriy Medvedev bunga izoh berdi.

RF xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fransiyaning LCI telekanaliga intervyu berdi.
U Rossiyaning Ukrainadagi "maxsus operatsiyasi" uchinchi jahon urushining oldini olish uchun amalga oshirilganini iddao qilgan.
"Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligi hozir muhim, ammo endilikda bu tinchlik uchun yetarli emas, Rossiyaga aniq xavfsizlik kafolatlari kerak", — degan siyosatchi.
Medvedev “LXR” va “DXR” hududlarida “referendum”lar o‘tkazilsa, ning Moskvaga qo‘shib olinishi mumkinligini inkor qilmagan.
Avvalroq Vashington Ukrainaga yordam ko‘rsatish amaliyotiga umumiy rahbar tayinlashi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







