Erdog‘an Samarqandda Putin bilan “g‘alla kelishuvi”ni gaplashib olmoqchi
Rossiya prezidenti Ukraina doni asosan boy davlatlarga yetkazib berilayotganini aytgandi.

Erdog‘an Putinning Ukraina doni eksporti bo‘yicha fikrlarini qo‘llab-quvvatladi.
7 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Sharqiy Iqtisodiy forumda Ukrainadan “g‘alla kelishuvi” asosida eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari asosan rivojlangan davlatlarga ketayotganini aytgandi. U eksport tartibini turkiyalik hamkasbi bilan qayta muhokama qilishini maʼlum qilgandi.
“Janob Putin g‘alla koridori orqali yetkazib berish kambag‘al davlatlarga emas, asosan rivojlangan davlatlarga amalga oshirilayotgani haqida to‘g‘ri taʼkidladi. U RFga qarshi sanksiya qo‘ygan davlatlarga don yetkazib berilayotganidan xavotirda. Biz Samarqandda ushbu masalani muhokama qilamiz”, – degan Erdog‘an.
22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT g‘alla eksportini tiklash bo‘yicha to‘rt tomonlama kelishuvga erishdi. Istanbulda uning amalga oshirilishi yuzasidan koordinatsion markaz tuzildi.







