Jahon

Blinken: Eron yadro kelishuvini ortga surmoqda

Diplomat Tehronning pozitsiyasi muzokaralarni qiyinlashtirayotganini aytgan.

Blinken: Eron yadro kelishuvini ortga surmoqda

 

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Eronni yadro kelishuviga qaytishni istamaslikda aybladi. Diplomat Tehronning pozitsiyasini “ortga qaytish” deb atagan.

 

Davlat kotibining fikricha, Eronning harakatlari yaqin istiqbolda kelishuvga erishish ehtimolini kamaytirmoqda.

 

“Eron kelishuvga erishmaslik uchun yo hech narsa qila olmaydi, yoki buni istamaydi. U muzokaralarni ikkinchi darajali masalalarga burib yuborishga harakat qilmoqda”, – degan Blinken Meksika TIV rahbari Marselo Ebrard bilan uchrashuvi davomida.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2015 yilda Eron va AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya hamda Xitoy o‘rtasida "Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi" imzolangan. Unga ko‘ra, Tehron yadro quroli ishlab chiqishdan voz kechishi, G‘arb esa iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi lozim edi. Ammo 2018 yilda AQSH bu kelishuvdan chiqib ketdi.

 

Jozef Bayden AQSH prezidentiga aylangach, kelishuvni qaytib tiklash tashabbusi bilan chiqdi. 2021 yildan boshlab Venada sakkiz raundli muzokaralar o‘tkazildi. 11 mart kuni tomonlar tashqi faktorlar tufayli tanaffus oldi. Unga asosiy sabab qilib Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi ko‘rsatilmoqda. Bunga qadar muzokaralar final bosqichiga chiqqan va fevral oxirida yakunlanishi kerak edi.

 

Avvalroq Eron barcha texnologiyalarga ega bo‘lsa-da, atom bombasi yaratish niyati yo‘qligini maʼlum qilgandi.

 

custom img

Isroil Ali Larijoniy halok bo‘lganini ma’lum qildi

Shuningdek, “Basij” kuchlari qo‘mondoni G‘ulomrizo Sulaymoniyning ham o‘ldirilgani aytilmoqda.

custom img

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlik amaliyotini boshladi

Isroil hujumlari natijasida Livanda bir milliondan ortiq kishi uylarini tark etgan, 850 kishi halok bo‘lgan.

custom img

Istanbulda 7 yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilgani aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, ayol eri tomonidan o‘ldirilib, jasadi chiqindi konteyneriga tashlangan.

custom img

Mujtabo Xomanaiy AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan — The Telegraph

Ma’lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.

custom img

O‘rta yer dengizida ekipajsiz suzib ketayotgan Rossiya gaz tashuvchisi ekologiyaga xavf tug‘dirmoqda

“Arktik Metagaz” kemasi Malta hududiy suvlariga yaqin joyda Ukrainaning dron-katerlari tomonidan hujumga uchragan.

custom img

Izmirda o‘zbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi

U turk fuqarosiga turmushga chiqqan bo‘lib, hodisa kuyovning uyida sodir bo‘lgan.

custom img

“AQSHning Kubani egallashi bu katta sharafdir” — Donald Tramp

AQShning Kubaga neft yetkazib berilishini taqiqlagani fonida mamlakatda blekaut yuz berdi.

custom img

Kobulda giyohvandlar shifoxonasi portlatildi: 400 kishi halok bo‘ldi

“Tolibon” Pokistonni giyohvandlar davolanadigan shifoxonaga zarba berganlikda aybladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Blinken: Eron yadro kelishuvini ortga surmoqda