O'zbekiston

Yengil atletika boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati Samarqandda oʻtkaziladi

Xalqaro musobaqada 11 ta davlatdan sportchilar qatnashadi.

Yengil atletika boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati Samarqandda oʻtkaziladi

 

Joriy yilning 23–25-sentabr kunlari Samarqand shahrida Yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo 4-Ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda 11 ta mamlakatdan 300 dan ortiq sportchilar ishtirok etadi. 

 

Ochiq turnirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari tashrif buyuradi. Ularga Malayziya, Tailand va Filippinlardan sportchilar qo‘shiladi.  

 

Sport musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Yengil atletika federatsiyasi tomonidan Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ ko‘magida tashkil etiladi.  

 

Musobaqalar Samarqand shahridagi “Afrosiyob Arena” sport majmuasida oʻtkaziladi. Sportchilar asosiy yugurish yo'nalishlarida ham, texnik musobaqalarda ham — balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka, uch hatlab sakrash, disk, bolg'a, otish, nayza uloqtirish bo'yicha qatnashadi.  

 

Yengil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi deyarli barcha yo'nalishlarda chiqishi belgilangan. Stadionga ishtirokchilar bilan birgalikda V Islom Birdamlik o‘yinlari g‘oliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suxrob Xo‘jaev, Farida Soliyeva, Nargiza Qo‘chqorova va Roksana Xudoyarova kuch sinash uchun chiqadi. 

 

Musobaqaning uchinchi kunida “Save Aral–2022” xalqaro xayriya ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ikki mingdan ortiq ishtirokchilar Orol dengizi atrofidagi ekologik muammoga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsadida o'tkaziladigan “Save Aral” musobaqasini qo'llab-quvvatlash uchun ishtirok etadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yengil atletika boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati Samarqandda oʻtkaziladi | Zamon.uz