Buyuk Britaniya yangi qirolining ilk xorijiy tashrifi maʼlum bo‘ldi
Charlz III 10 sentyabrda qirol deb eʼlon qilingandi.

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ilk xorijiy tashrifini Fransiyaga amalga oshiradi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Tashrif oktyabrda bo‘ladi. The Telegraph‘ning qayd etishicha, Yelizaveta II hukmronligining oxirgi yetti yilida hech qaysi xorijiy davlatga bormagan, shu sababli yangi qirol “o‘tkazib yuborilgan imkoniyat o‘rnini to‘ldirishi kerak”. Charlz Emmanuel Makron bilan Afrikani “yashillashtirish” loyihasini muhokama qiladi. Shuningdek, Buyuk Britaniya TIV tashrifdan YEI bilan munosabatlarni normallashtirishda foydalanmoqchi.
Bundan tashqari, qirol Germaniyaga ham borishi mumkin.
Maʼlumot o‘rnida: Buyuk Britaniyani 70 yil boshqargan Yelizaveta II 8 sentyabr kuni vafot etdi. Uning dafn marosimi 19 sentyabrda bo‘lib o‘tdi. Charlz III 10 sentyabrda qirol deb eʼlon qilindi.







