Jahon

Yaponiya bosh vaziri: Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorman

U KXDR bilan munosabatlarni normallashtirish muhim ekanini qayd etdi.

Yaponiya bosh vaziri: Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorman

 

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u BMT Bosh assambleyasidagi chiqishida maʼlum qildi.

 

“Yaponiya bosh vaziri Dzyunʼitiro Koidzumi va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Ir o‘rtasida Pxenyan deklaratsiyasi imzolanganiga 20 yil bo‘ldi. Unda eʼlon qilingan muammolarning kompleks yechimi o‘zgarmas bo‘lib qolmoqda. Yaponiya har ikki tomonni qiziqtirayotgan masalalarni muhokama qilishga tayyor. Shaxsan men hech qanday shartlarsiz Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorman. Men barcha imkoniyatlarni ishga solib hamma harakatlarni amalga oshiraman”, – degan u.

 

Pxenyan deklaratsiyasida yadro va raketa dasturlari, ikki davlat munosabatlari tarixidagi murakkab davr va aloqalarni yaxshilashda davom etishga kelishib olingan. Ushbu hujjat 2002 yilda imzolangan.

 

 Avvalroq Kim Chen In har qanday holatda ham KXDR yadro qurolidan voz kechmasligini aytgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yaponiya bosh vaziri: Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorman | Zamon.uz