Jahon

Chavusho‘g‘lu: Dunyo Xavfsizlik kengashidagi besh davlatdan ko‘ra kattaroq

Turkiya bosh diplomati BMTni isloh qilishga chaqirdi.

Chavusho‘g‘lu: Dunyo Xavfsizlik kengashidagi besh davlatdan ko‘ra kattaroq

 

 

BMT Xavfsizlik kengashidagi veto huquqini bekor qilish kerak.  Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu maʼlum qildi.

 

“Tobora ko‘proq siyosatchilar dunyo Xavfsizlik kengashidagi besh davlatdan katta ekanini aytmoqda”, – degan diplomat Nyu-Yorkda jurnalistlar bilan suhbatda.

 

U veto tartibi o‘rniga ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qilish mexanizmini joriy etishni taklif qilgan. Chavusho‘g‘luning fikricha, bu jarayonda eng muhimi ko‘proq davlatlarni qamrab olish va adolat prinsipi hisoblanadi.

 

Turkiya TIV rahbari, shuningdek, Rajab Toyyib Erdog‘an bir necha bor BMTni isloh qilishni taklif etgani va bu bugungi kunda ko‘plab davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini eslatib o‘tgan.

 

BMT Xavfsizlik kengashi tashkilotning eng asosiy organlaridan biri. Unga besh davlat: AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Xitoy doimiy aʼzo hisoblanadi. Qolgan aʼzolar har ikki yilda almashib turadi. Doimiy aʼzo davlatlar veto huquqiga ega, bu ularning istalgan qaror yoki rezolyutsiyani to‘xtatib qo‘yish imkonini beradi.

 

Avvalroq Germaniya BMT Xavfsizlik kengashi doimiy aʼzosiga aylanish istagini bildirgandi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.