Gʻarbdan Ukrainaga qurol yetkazib berish sekinlashishi mumkin—Bloomberg
Bunga sabab bo‘layotgan omillar maʼlum qilindi.

G‘arb Ukraina qarshi hujumga o‘tishi fonida unga katta miqdorda qurol yetkazib berishi qiyin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
“Qurol yetkazib berishning keskin ko‘payishi qiyin masala, chunki AQSH ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda, Yevropaning o‘z zaxiralari esa tugash arafasida”, – degan agentlik bilan suhbatlashgan YEIning yuqori martabali amaldorlaridan biri.
Bundan tashqari, nashr bilan suhbatlashgan to‘rt manba Yevropaning Kiyevga og‘ir qurollarni yetkazib berish niyati yo‘qligini aytgan. Gap eng avvalo Germaniyaning Leopard tanklari haqida ketmoqda. Bu tanklar nemis armiyasidan tashqari, Ispaniya, Niderlandiya va Turkiya qurolli kuchlarida ham bor. Ammo ular bu texnikani Ukrainaga yuborishi mumkin, ammo buning uchun Berlinning ruxsati talab etiladi. Ammo boshqa davlatlar Germaniyaga tank eksporti uchun so‘rov yubormagan.
Shuningdek, Italiyadagi saylovlar tufayli Ukraina rasmiy Rimning ustuvor vazifalari qatoridan chiqib ketgan.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Sholts Kiyevga tank berilmasligi sababini ochiqlagandi.







