Jahon

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurmoqchi

U davlatga bir necha yuz million yevroga tushishi mumkin.

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurmoqchi

 

Finlyandiya keyingi 2-3 yil ichida Rossiya bilan chegaraning janubi-sharqiy qismida devor qurish mumkin. Bu haqda Uutissuomalainen gazetasi respublika chegara xizmatiga tayanib xabar berdi.

 

Rossiya bilan Finlyandiya chegarasi uzunligi 1300 kilometrni tashkil etadi. Ushbu uchastkaning 10-20 foiziga devor qurish rejalashtirilmoqda. Uning uzunligi 130-260 kilometr bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu to‘siqlar 50 yilgacha xizmat qiladi.

 

Finlyandiya chegara xizmati rahbari Pasi Kostamovaara bu loyiha davlat byudjetiga bir necha yuz million yevroga tushishi mumkin. Bu mablag‘da devor qurilishi bilan birga unga texnik xizmat ko‘rsatish va zarur infratuzilma yaratish uchun sarflanadi.

 

Reuters agentligiga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari 17 ming Rossiya fuqarosi Finlyandiya chegarasini kesib o‘tdi. Bu bir hafta oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 80 foizga ko‘p. Ayrim kuzatuvchilar bunday faollikni Rossiyada eʼlon qilingan qisman harbiy safarbarlik bilan bog‘lamoqda.

 

Avvalroq rasmiy Xelsinki rossiyalik turistlarni mamlakatga kirishini butunlay cheklamoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"