Jahon

Ishga tushmagan “Shimoliy oqim-2” quvurida favqulodda holat yuzaga keldi

Undan gaz sizib chiqqan.

Ishga tushmagan “Shimoliy oqim-2” quvurida favqulodda holat yuzaga keldi

 

Daniya hukumati dushanba kuni Bornxolm oroli atrofida “Shimoliy oqim-2” gaz quvuridan gaz sizib chiqqanini maʼlum qildi. Shu sababli kemalar oroldan 5 dengiz mili uzoqlikda o‘tishi tavsiya qilingan.

 

Germaniya hukumati ushbu holat bo‘yicha daniyaliklar bilan doimiy aloqada ekanini, uning sabablarini o‘rganayotganini taʼkidlagan. Nord Stream AG gaz sizib chiqishini tasdiqladi, ammo batafsil maʼlumotlar berilmagan.

 

Daniya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati navigatsion ogohlantirishlar ishlab chiqqan hamda “Shimoliy oqim -2” atrofida kemalar harakatini taqiqlagan.

 

Gaz quvuri operatori ushbu loyiha ishga tushmasa-da, uning ichida maʼlum miqdorda gaz bo‘lganini maʼlum qilgan. Ukraina mojarosi boshlanishi arafasida “Shimoliy oqim-2” ichida 300 million kub metr gaz bo‘lgan, ammo Germaniya hukumati 22 fevralda uni ishga tushirishni to‘xtatib qo‘ygandi.

 

Quvur loyihasi Moskva va Bryussel o‘rtasidagi energetik qarama-qarshilikdagi eng “qaynoq nuqta”lardan biriga aylandi. Shu bilan birga Kreml bir necha bor “Shimoliy oqim-2” orqali gaz yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyorligini bildirgan. Ammo Germaniya hukumati quvurni ishga tushmasligini maʼlum qilgandi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"