Lukashenko: Ukrainada tinchlikka erishish uchun bir necha kun kerak
Belarus prezidenti buning shartini ochiqladi.

Agar Yevropa istasa, Ukrainada bir necha kun ichida tinchlikka erishish mumkin. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko maʼlum qildi.
“Agar yevropaliklar buni chin dildan istasa, tinchlikka erishish uchun bir necha kun kifoya”, – degan Lukashenko xorijiy davlatlar elchilari oldidagi chiqishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ko‘pchilik nizo haqida ko‘p gapirmoqda, aksariyat odamlar tezroq tinchlik o‘rnatilishini istaydi. Shu bilan birga prezident qardosh xalqlar o‘rtasidagi mojaro ulkan fojia ekanini taʼkidlagan.
“Bu strategik fitna va katta ahmoqlik natijasi”, – deb qayd etgan Belarus rahbari.
Lukashenko Minsk Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar tarafdori ekanini eslatgan.
Avvalroq Belarus prezidenti Ukraina mojarosida ishtirok etganini tan olgandi.







