Isteʼfoga chiqqan Jonsonga yangi lavozim berildi
Bu Ukraina bilan bog‘liq.

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson “Ukrainaning konservativ do‘stlari” partiya guruhiga rahbar bo‘ldi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar berdi.
“Men “Ukrainaning konservativ do‘stlari” guruhi uchun yangi prezidentga o‘rnimni bo‘shatib berayotganimdan xursandman. U nafaqat mamlakat ichida, balki butun G‘arb dunyosida ukrain xalqi ochiq qo‘llab-quvvatlagan yetakchidir. Men yangi prezident Boris Jonson bo‘lishidan xursandman”, – degan guruhning amaldagi rahbari Jon Uittingdeyl.
“Ukrainaning konservativ do‘stlari” mart oyida tashkil etilgan. U o‘zida Buyuk Britaniya konservatorlar partiyasining Ukraina hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi aʼzolarini birlashtirgan.
Avvalroq Jonson bosh vazir lavozimidan isteʼfoga chiqqandi.







