NATO Ukrainani himoya qiladimi?
Germaniyaning alyansdagi vakili bunga oydinlik kiritdi.

Ukraina NATO aʼzo bo‘lmagani uchun alyansda uni himoya qilish majburiyati yo‘q. Bu haqda Germaniyaning NATOdagi doimiy vakili Ryudiger Kenig maʼlum qildi.
“Ukraina NATO aʼzosi emas. Shuning uchun bu alyansning ishi emas. Biz shuningdek, NATOning ushbu mojaroda faol qatnashishini ham istamaymiz. Aks holda bu juda katta urushga aylanib ketadi va blokka aʼzo 30 davlat unga tortiladi”, – degan diplomat.
Kenig alyans Rossiya bilan urushni istamasligini qayd etgan. Shu bilan birga uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlati hujumga uchrasa, NATO jim qarab tura olmaydi.
30 sentyabr kuni Vladimir Zelenskiy Ukrainani NATOga tezkor ravishda aʼzo bo‘lishi uchun ariza topshirilganini maʼlum qildi. Bunga Rossiya tomonidan mamlakatning ayrim hududlari qo‘shib olingani sabab bo‘lgan.







