Qashqadaryoda 38 yoshli ayolni poyezd urib yubordi
Holatga Transport prokuraturasi izoh berdi.

Qashqadaryo viloyatida 27-sentyabr kuni 38 yoshli ayol poyezd urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Transport prokuraturasi rasmiy bayonot e’lon qildi.
Qayd etilishicha, soat 04:40 larda “Koson Sug‘diyona” temiryo‘l bekati oralig‘ining 4097-kilometri 9-to‘sig‘ida 3662-sonli “Buxoro-Qarshi” yo‘nalishidagi yuk poyezdi Koson tumanida yashagan (1984-yilda tug‘ilgan) fuqaro A.I.ni urib yuborgan. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda yuqorida holat yuzasidan Qarshi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Koson tumani hududida yuk poyezdi 19 yoshli qizni urib yuborgandi. Hodisa oqibatida u voqea joyida vafot etgan.







