Jahon

AQSH Ukrainaga berilgan yordamni nazorat qiladigan kompaniya qidirmoqda

Unga qanday vazifalar yuklanishi maʼlum qilindi.

AQSH Ukrainaga berilgan yordamni nazorat qiladigan kompaniya qidirmoqda

 

AQSH Davlat departamenti Ukrainaga berilayotgan harbiy yordamning qanday sarflanayotganini baholaydigan kompaniya izlamoqda. Bu bo‘yicha hukumat portaliga maxsus eʼlon joylashtirilgan.

 

Unga ko‘ra, Davlat departamenti “Ukrainaga berilgan qo‘shimcha 14.8 milliard dollarni hujjatlashtirish, monitoring qilish va natijalarini baholash bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan” kompaniyani qidiryapti.

 

Bu bilan shug‘ullanadigan tashkilot har chorakda o‘z kuzatuvlari asosida hisobot berishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

 

Avvalroq AQSH Ukrainaga yordam ko‘rsatish masalasiga umumiy rahbar tayinlashi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

AQSH Ukrainaga berilgan yordamni nazorat qiladigan kompaniya qidirmoqda