Tarixiy uchrashuv: Bugun Armaniston bosh vaziri Erdog‘an bilan uchrashishi kutilmoqda
So‘nggi bor ikki davlat yetakchilari 2009-yilda ko‘rishgandi.

Armaniston bosh vaziri bugun Pragada Rajab Toyib Erdog‘an bilan uchrashishi mumkin. Uchrashuv Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ham muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu ikki siyosiy yetakchining ozarbayjon-arman chegarasidagi so‘nggi keskinlikdan keyingi ilk uchrashuvi bo‘ladi. Oxirgi marta ular 31 avgust kuni Bryusselda muloqot o‘tkazgandi.
Erdog‘an bilan esa Pashinyan hech qachon ko‘rishmagan. So‘nggi bor Armaniston va Turkiya yetakchilari 2009 yilda uchrashgan. Uchrashuv Bursada ikki davlatning futbol bo‘yicha milliy terma jamoalari o‘yini tashkil etilgandi.
Aliyev bilan muzokaralar Yevrokengash va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron vositachiligida o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi ko‘rib chiqilgandi.







