Triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari aniqlandi
Unda 30 ta davlatdan sportchilar qatnashgan.

Samarqand eshkak eshish kanalida boshlangan triatlon bo‘yicha “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” bahslari yakunlandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar qilmoqda.
30 davlatdan kelgan 70 nafar professional sportchi triatlonning klassik yo‘nalishi — ochiq havzada 1,5 kilometrga suzish, 40 kilometrga velopoyga va 10 kilometrga yugurish bahslarida bellashgan.
Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahsida:
1-o‘rin — jahon triatlon federasiyasi bayrog‘i ostida qatnashgan Tous Xeska;
2-o‘rin — Xitoylik Xen Yu Lin;
3-o‘rin — Vengriya vakilasi Naumi Sraszegi sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahsda:
1-o‘rin — Ispaniyalik sportchi David Kontero Del Kampo;
2-o‘rin — Ruminiya sportchisi Feliks Duchampt;
3-o‘rin — Lyuksemburg vakili Grigor Payet qo‘lga kiritdi.
Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirilgan. Ertaga 160 nafar havaskor hamda professional sportchilar o‘rtasida triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.







