O'zbekiston

Denov va Urganchda dzyudo sport maktablari tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Denov va Urganchda dzyudo sport maktablari tashkil etiladi

 

6-oktyabr kuni “Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash,  Denov va Urganch dzyudo sport maktablarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

 

Dzyudo maktablari o‘quvchilarining umumiy kontingenti o‘quvchilarning vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 210 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi. 

 

Dzyudo maktablariga sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.

 

2022/2023-o‘quv yiliga qadar Dzyudo maktablarida boshqa sport turlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu maktablarni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishi ta’minlanadi.

 

Dzyudo maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlaridan ta’lim olishi mazkur Dzyudo maktablarida tashkil etiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Denov va Urganchda dzyudo sport maktablari tashkil etiladi | Zamon.uz