Davlat Bobonov jahon chempioni bo‘ldi
U finalda italiyalik chempionni mag‘lub etdi.

Toshkentda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida -90 kg vazn toifasida Tokio olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Bobonov finalda yoshlar o‘rtasida jahon chempioni italiyalik Kristian Parlati ustidan g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, “Humo” arenada bo‘lib o‘tayotgan chempionat 13 oktyabrga qadar davom etadi.







