Tatariston O‘zbekiston bilan savdo aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi
Rustam Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifi boshlandi

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonda keldi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.
U safarini Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev bilan uchrashuvdan boshlagan.
“O‘zbekiston shiddat bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot. Sizda yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi va taʼlimga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu juda yaxshi.
Biz sizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nomenklaturasiga eʼtibor qaratamiz. Faol hamkorlikning tarafdorimiz. O‘zaro hamkorlikning istiqbollari katta. O‘zaro tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazishimiz kerak”, – degan Minnixanov.
Avvalroq Toshkentda Qozon federal universiteti filiali ochilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







