Ukraina Belarus bilan chegaradagi barcha ko‘priklarni portlatib yubordi
Bundan tashqari, yo‘llar to‘liq minalashtirilgan.

Ukraina Belarus bilan chegarani mustahkamlamoqda. Shu maqsadda avtomobil va temiryo‘l liniyalari minalashtirilgan. Bu haqda Belarus davlat chegara qo‘mitasi raisi Anatoliy Lappo maʼlum qildi.
“Ukraina tomoni harakatlari davlat chegarasini yopishga qaratilgan. Bugungi kunda barcha chegara ko‘priklari portlatilgan, avtomobil va temiryo‘llarga to‘liq minalar yotqizilgan”, – degan u.
Raisning qayd etishicha, Ukraina kuchishlatar tizimlari yo‘llarga uch qatordan tankka qarshi minalarni qo‘yib chiqmoqda.
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “maxsus harbiy operatsiya”da ishtirok etayotganini tan olgandi.







