Dzyudo bo‘yicha Muzaffarbek To‘raboyev Jahon chempioni bo‘ldi
Shu tariqa o‘zbek dzyudosida tarixiy natija qayd etildi.

Toshkentda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida Muzaffarbek To‘raboyev ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, o‘zi bahs olib borgan barcha raqiblarini birma-bir mag‘lub etgan To‘raboyev finalda Kanada vakili Kayl Reyesni taslim etdi hamda -100 kg vazn yangi jahon chempioniga aylandi.
Natijada ilk bor terma jamoa o‘z tarixida dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida 2 ta oltin medalga sazovor bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand davlat universiteti talabasi Davlat Bobonov -90 kg vaznda jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.







