Hayotimizni saqlab qolishimiz uchun bizga yordam bering-Vladimir Klichko
Sobiq chempion jahon hamjamiyatiga murojaat qildi.

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, Ukrainani havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan taʼminlashni so‘radi.
Klichko poytaxtdagi piyodalar ko‘prigining portlashdan moʻjizaviy tarzda omon qolgani tasvirini ko‘rsatgan va RFdan himoya qilish uchun dunyoni ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga chaqirgan.
"Hayotimizni saqlab qolish uchun osmonni yopishimizga yordam bering. Hayotimizni himoya qilishimiz uchun zarur bo‘lgan qurollarni bering.Shubha qilishni bas qiling! Endi bu ahmoqona urushni to‘xtataylik, aks holda kech bo‘ladi”, — deb yozgan Klichko.
Maʼlumot o‘rnida: Kechadan boshlab Rossiya harbiy-havo kuchlari Ukrainaga ommaviy raketa zarbalari bermoqda. Natijada ko‘plab infratuzilma obyektlari ishdan chiqqan.







