Jahon

Qozog‘iston Ukrainadagi elchixonasini yopadimi?

Mamlakat TIV bunga oydinlik kiritdi.

Qozog‘iston Ukrainadagi elchixonasini yopadimi?

 

Qozog‘iston Ukrainadagi elchixonasini evakuatsiya qilishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov maʼlum qildi.

 

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, bu masala yaqin kunlarda ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga bu elchixonaning yopilishini anglatmaydi. Diplomatik personalning qaysi shaharga ko‘chirilishi masalasi ochiqlanmagan.

 

“Elchixona ishlamoqda. Gap uni yopish haqida emas, balki elchixona xodimlarini evakuatsiya qilish haqida ketmoqda. Katta ehtimol bilan to‘liq evakuatsiya bo‘ladi”, — degan u.

 

10 oktyabr kuni Qozog‘iston o‘z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirgandi. Bu Rossiyaning raketa zarbalari fonida yuz berdi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qozog‘iston Ukrainadagi elchixonasini yopadimi?