Ukraina AQSHdan o‘ta zamonaviy qurollar so‘ramoqda
Ukraina parlamenti rahbari Kongressga shu mazmunda maktub yozdi.

Kiyev AQSHdan taktik ballistik raketalar so‘radi. Bu haqda Ukraina Oliy radasi raisi Ruslan Stefanchukning AQSH Kongressiga yozgan maktubida so‘z boradi.
Hujjatda keltirilishicha, ukrainaliklar Jozef Bayden maʼmuriyatini Atacms raketalarini taqdim etishga chaqirgan. Bu turdagi raketalar 300 kilometr uzoqlikdagi nishonlarga zarba bera oladi.
Stefanchukning fikricha, Vashington tezkor tartibda NASAMS zenit-raketa tizimlarini ham yetkazib berishi kerak. Bundan tashqari, Kiyev MQ-1C Gray Eagle uchuvchisiz qurilmasini hamda F-15 va F-16 qiruvchi samolyotlarini so‘ragan.
Bundan oldin Jozef Bayden va Vladimir Zelenskiy telefon muloqotini o‘tkazgandi. AQSH prezidenti Ukrainaga zamonaviy mudofaa tizimlarini yetkazib berishga vaʼda bergan.







