Erdog‘an Putinning taklifiga rozi: Turkiyada xalqaro gaz xabi quriladi
Kecha Rossiya yetakchisi bu bo‘yicha taklif bergandi.

Turkiyada qisqa vaqt ichida xalqaro gaz xabi yaratiladi. Bu haqda Rajab Toyyib Erdog‘an maʼlum qildi.
13 oktyabr kuni Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi bilan Ostonadagi uchrashuvida yuqoridagi taklifni bergandi.
“Markaz uchun eng maqbul joy Frakiya hisoblanadi. RF prezidenti Vladimir Putin bilan energetika vazirlariga zarur ishlarni boshlashga topshiriq berdik. Bizda milliy gaz taqsimlash markazi bor, ammo bu xalqaro miqiyosida bo‘ladi. Hech qanday cho‘zilishlar haqida gap bo‘lishi mumkin emas, tomonlar zarur muzokaralarni o‘tkazadi va darhol ish boshlaydi”, – degan Turkiya yetakchisi.
Erdog‘an ushbu xab xavfsizligini taʼminlash uchun barcha choralar ko‘rilishini taʼkidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.
Avvalroq Putin rus gazi narxiga chegara qo‘yilgan taqdirda yoqilg‘i sotmasligini maʼlum qilgandi.







