Jahon

Ilon Mask Ukrainaga Starlink yo‘ldoshlari uchun tizimlarni bepul yetkazib berishni to‘xtatmoqchi

Shu munosabat bilan Pentagonda maktub yuborilgan.

Ilon Mask Ukrainaga Starlink yo‘ldoshlari uchun tizimlarni bepul yetkazib berishni to‘xtatmoqchi

 

SpaceX kompaniyasi Pentagonni Ukrainaga Starlink sunʼiy yo‘ldoshlari uchun komplekslarni yetkazib berishni to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Ushbu qurilmalar Ukraina harbiylari uchun katta ahamiyatga ega. Undan internet yo‘q hududlarda aloqani tiklash va qo‘shinlar harakatini muvofiqlashtirish maqsadida foydalanilgan.

 

Hozirda Kiyevga 20 ming Starlink komplekslari berilgan. SpaceX asoschisi Ilon Mask bu kompaniyaga 80 million dollarga tushganini maʼlum qilgan.

 

SpaceX Pentagonga yo‘llagan maktubida bu kabi hajmdagi yordamni boshqa yetkazib bera olmasligi haqida so‘z boradi. Shu sababli mudofaa vazirligidan bu loyihani moliyalashtirish so‘ralgan. Qayd etilishicha, yil oxiriga qadar Ukrainaga yetkazib beriladigan tizimlar 120 million dollarni, keyingi yil esa 400 million dollarni tashkil etadi.

 

Avvalroq  Starlink  sunʼiy yo‘ldoshlari Ukrainada ishlamay qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ilon Mask Ukrainaga Starlink yo‘ldoshlari uchun tizimlarni bepul yetkazib berishni to‘xtatmoqchi | Zamon.uz