Litvada NATO kuchlarining yirik mashg‘ulotlariga start beriladi
Mamlakat mudofaa vazirligi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

17 oktyabrda Litvada 10 davlat ishtirokida “Temir bo‘ri” harbiy mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Mashg‘ulotlar davomida Litva armiyasining ittifoqchilar kuchlari bilan hujum va mudofaa amaliyotlarini rejalashtirishi va bajarishi jarayonlari tekshiriladi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Manyovrlarda Litva, Avstraliya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, AQSH va Chexiyadan 3.5 ming harbiy ishtirok etadi. Bundan tashqari, 700 dan ortiq texnika — piyodalar zirhli mashinasi, tanklar, o‘ziyurar artilleriya tizimlari ham jalb qilinadi.
Avvalroq NATO Xitoyni Rossiyaga taʼsir o‘tkazishga chaqirgandi.







