Muhammad bin Salmon Kiyevga yirik miqdorda gumanitar yordam bermoqchi
Valiahd shahzoda Ukraina yetakchisi bilan telefon muloqotini o‘tkazdi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Ar-Riyod Kiyevga 400 million dollar gumanitar yordam vaʼda qildi.
“Ukraina prezidenti inqirozni bartaraf etishda qilayotgan harakatlari uchun zoti oliylariga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Prezident qo‘shimcha gumanitar yordam berilayotgani uchun ham minnatdor bo‘ldi”, – deyiladi Saudi Press Agency xabarida.
Valiahd shahzoda Saudiya Arabistoni deeskalatsiya tarafdori ekanini taʼkidlagan. Shuningdek, diplomatik vositachilikka doimo tayyorligini maʼlum qilgan.
O‘z navbatida Zelenskiy Twitter sahifasida Muhammad bin Salmon bilan makromoliyaviy yordam va asirlarni ozod qilinishi masalasini muhokama qilganini yozgan.
Avvalroq Muhammad bin Salmon Rossiya-Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvida vositachi bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







