Germaniya prezidenti ukrainaliklarni "xafa qildi"
Shtaynmayer Kiyevga tashrifini bekor qilgan.

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Kiyevga tashrifini bekor qildi. Bu haqda BILD gazetasi xabar berdi.
Uning maʼlumotlariga ko‘ra, prezidentning Ukraina poytaxtiga tashrifi bir necha hafta davomida muvofiqlashtirilgan edi. Ammo xavfsizlik borasidagi vaziyat tufayli ushbu safarni kechiktirilgan.
Gazeta bu qadam Kiyevda noroziliklarga sabab bo‘lganini qayd etgan.
“Federal prezident o‘z tashrifini bekor qilgan bir paytda Ukraina poytaxtida bo‘lishni istagan ko‘plab xorijlik diplomat va mehmonlar bor”, – degan Ukraina hukumati vakillaridan biri.
Avvalroq Germaniya kansleri Kiyevga nemis tanklari yetkazib berilmasligini maʼlum qilgandi.







