Politico: Yevropa xavotirda
Vashington Ukrainaga harbiy yordamni qisqartirishi taxmin qilinmoqda.

Yevropa AQSH Kongressiga oraliq saylovlardan so‘ng Vashingtonning Ukrainaga ko‘rsatadigan yordami qisqarishidan xavotirga tushdi. Bu haqda Politico xabar berdi.
Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, YEI “xavfli reallikni tushunmoqda”: Ukraina NATOdagi eng asosiy homiydan ayrilishi mumkin. Respublikachilar partiyasi Yevropaning Kiyevga beradigan harbiy yordamni oshirishni talab qilmoqda.
“2023 yilda eng eng qo‘li ochiq manba o‘ta ziqna manbaga aylanishi mumkin”, – deyiladi xabarda.
Kongressga oraliq saylovlar 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Ko‘plab prognozlarga ko‘ra, respublikachilar har ikki palatada ustunlikni qo‘lga kiritishi mumkin.
Avvalroq Bayden Zelenskiy bilan telefon muloqotida katta harbiy yordam ko‘rsatishga vaʼda bergandi.







